Musiqa javoni :: B :: Benom - Yoningdaman


TrackTitle   Nomi: Yoningdaman
Artist   Ijrochi: Benom
Category   Bo'lim: B
Uploader   Yukladi: JET [ профиль ] [ сообщение ]
Raiting
Calendar   25 iyul 2019 - 22:36
Downloads   Ko'chirildi: 6551
FileSize   Fayl o'lchami - 9.6 Mb, turi - MP3

Mp3 taronani yangi oynada tinglash
Benom - Yoningdaman taronasini sifatli versiyasini ko'chirib olish
CommentTarona matni

Bugun o'zgacha, qara,
Biz kutgan o'sha sana.
Go'yo qaytadan seni
Sevib qolyapman yana.

Ko'zlaringda nur to'lib,
Turarsan jim termulib.
O'tgan kunlarni eslab,
Quvonchdan ko'zyosh to'kib.

Yoningdaman, baxtimiz bo'ldi butun,
Yoningdaman, qiynaldik yillar uzun.
Yoningdaman, sen oppoq libosdasan,
Betakror kulmoqdasan yonimda.

Yoningdaman, qo'yvormam endi seni,
Yoningdaman, sog'ingan baxtim meni.
Yoningdaman, biz uzoq kutgan bu kun,
Yagona sevgim bugun yonimda, yonimda.

Qo'llaringni ber, tutay,
Sog'inchlarim unutay.
Do'st-u dushman o'ngida
Baxt sari olib ketay.

Atrofingda mahliyo,
Malikalardek go'yo.
Hamma havasla boqar,
Baxtimiz bo'ldi ro'yo.

Yoningdaman, yig'lama endi sira,
Yoningdaman, yaxshi-yomon kuningda.
Yoningdaman, sen oppoq libosdasan,
Betakror kulmoqdasan yonimda.

Yoningdaman, qo'yvormam endi seni,
Yoningdaman, sog'ingan baxtim meni.
Yoningdaman, biz uzoq kutgan bu kun,
Yagona sevgim bugun yonimda.

Yoningdaman…



O'Z REKLAMANGIZNI SHU YERDA JOYLASHTIRING